Özbekiston parlamenti – Oliy Majlisning yuqori palatasi – Senat Taşqi işlar vazirligi binosiga köçmoqda.
Taşqi işlar vazirligi esa, Xalq bankining boş qarorgohi (Toşkent şahri hokimiyatining sobiq binosi)ga joylaşadi. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlangan.

Bundan avval, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi boşqa joyga köçayotgani munosabati bilan uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va asosiy veb-sahifasida uzilişlar bölişi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
«Taşqi işlar vazirligi boşqa binoga köçib ötişi munosabati bilan TIVning internetdagi rasmiy manbalarida (veb-sahifa, Facebook’dagi sahifa, YouTube’dagi kanal) uzilişlar bölişi mumkin. Töğri tuşunişingizga umid qilamiz», - deyiladi TIV xabarida.
Şundan keyin Taşqi işlar vazirligi Mustaqillik maydonidagi Moliya vazirligi binosiga köçişi, Taşqi işlar vazirligining hozirgi binosiga esa Senat joylaşişi haqida xabarlar tarqalgandi. Endi bu xabarlarning ikkinçi qismi haqiqat bölib çiqdi.
Ma'lumot uçun, ayni vaqtda Senatning hozirgi binosi prezidentning vaqtinçalik qarorgohiga aylangan.

















