Jamiyat | 11:00 / 19.06.2018
9666
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Opal English yoz fasli uchun haftada 5-7 kunlik intensiv IELTS va ingliz tili darslarini taklif qiladi

Foto: Opal English 

Ingliz tilini o‘rganuvchilar orasida ommalashib ulgurgan Opal English o‘quv markazi endilikda yoz fasli uchun mo‘ljallangan 7 kunlik intensiv IELTS hamda ingliz tilining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini taklif etmoqda.

 

Foto: Opal English 

Ularda akademik litsey, kollej yoki OTMdagi o‘qishlarini tugatgan yoshlar yoz davomida har kuni IELTS topshiriqlarini bajarish bilan bu yo‘nalishda o‘z ko‘rsatkichlarini ancha yaxshilab olishlari yoki chet tilining o‘zlariga zarur tarmog‘i bo‘yicha bilimlarini mustahkamlab olishlari mumkin.

Foto: Opal English 

Dars mashg‘ulotlari ishtirokchilarni zeriktirib, charchatib qo‘ymasligi uchun markaz o‘qituvchilari turli interfaol dars o‘tish metodlarini ham ishlab chiqishgan:

  • IELTS darslari haftada 5-7 kun bo‘lib, yakshanba kuni o‘qituvchilar to‘liq kun davomida o‘quvchilar bilan ishlashadi. Speaking, Cinema va Debate Club’lar tashkil etiladi. Har oy yakunida Mock-Exam olinadi va yaxshi natija qayd etgan o‘quvchilar taqdirlanishadi;
  • Ingliz tili darslari esa haftada 3-6 kun o‘tkaziladi. Unda yosh bolalar uchun ham guruhlar mavjud, bunda darslar asosan o‘yin shaklida o‘tkaziladi. Shuningdek, Opal English’ning o‘zida matematikani ham ingliz tilida o‘rganish imkoniyati mavjud.
Foto: Opal English 

Bir necha yillik faoliyatda guruh bilan hamda individual tarzda dars o‘tish uslubi natijasida Opal English’da bilim olgan ko‘plab yoshlar IELTS imtihonida 7-8 ballik natijalarni qayd etishgan.

Foto: Opal English 

Mashg‘ulotlarning 50 foizi Speaking (ingliz tilida so‘zlashuv)dan iborat bo‘lishi esa nafaqat IELTS’ning ko‘pchilik cho‘chiydigan bo‘limidan yuqori natijani qayd etishning, balki kundagi ish, o‘qish jarayonlarida ham chet tilida fikringizni bayon qilish imkoniyatini beradi.

Speaking Club’ni esa AQShning Kaliforniya shtatidan kelgan native speaker (ona tili — inglizcha bo‘lgan kishi) Deniyel Odendaal boshqaradi. Bu o‘quvchilar ingliz tilida bexato gaplashishni o‘rganishlari uchun xizmat qiladi.

Foto: Opal English 

Opal English’dagi intensiv IELTS hamda ingliz darslari haqida so‘zlay turib, malakali o‘qituvchilar haqida gapirib o‘tmaslikning iloji yo‘q.

Bu yerdagi har bir mutaxassis ishga qabul qilinishdan oldin, 5 yil davomida Angliyada ta’lim olib, o‘quvchilarni IELTS’ga tayyorlash bo‘yicha shaxsiy o‘quv metodini ishlab chiqqan markaz rahbarining dars o‘tishga qaratilgan treningida qatnashadi.

Foto: Opal English 

O‘quvchilardan ham aynan markaz direktorining o‘zi  imtihon oladi va butun jarayonni nazorat qiladi. Bu albatta, ta’lim jarayoniga jiddiy e’tibor qaratilishidan dalolat beradi.

Foto: Opal English 

Bundan tashqari, o‘quvchilar IELTS’da yuqori natijalarni qayd etishlari uchun uning har bir bo‘limidan 8 ballik natijani ko‘rsatgan alohida o‘qituvchilar dars o‘tadi.

Foto: Opal English 

Opal English’ning Toshkent shahri markazida joylashuvi ham unda bilim oluvchilar uchun yaratilgan qulayliklardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlash, qisqa vaqt ichida IELTS imtihonidan yuqori natijani ko‘rsatish istagida bo‘lsangiz, Opal English’ni tanlang.

Ma’lumot uchun:

  • Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani;
  • Mo‘ljal: «Chilonzor» metro bekati va «Kasbino» supermarketi;
  • Telefon: +998(95) 198-86-66 (Telefon qabuli har kun 9:00dan 20:00gacha).

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid