IELTS imtihonlarida eng qiyin bosqich — bu Speaking ekanligi sir emas. Chunki biz inglizchada o‘z ona tilimizda gaplashgandek suhbat qura olmaymiz. Bunday gaplasha olish uchun esa nativ spiker (native speaker — haqiqiy inglizchada suhbatlashadigan kishi) bilan ko‘proq muomala qilish zarur.
Xuddi shunday imkoniyat Toshkent shahridagi Opal Education o‘quv markazi tomonidan berilmoqda. Markazning Speaking Club’iga AQShning Kaliforniya shtatidan Deniyel Odendaal sof ingliz tilida suhbatlashish va o‘quvchilarning nutqini ravon qilish uchun taklif etildi.
Uning darslarida ishtirok etish nafaqat IELTS o‘rganuvchilar uchun, balki tez-tez chet el biznes safarida bo‘ladiganlar, chet el bilan ishlaydiganlar yoki faqatgina ingliz tilida suhbatlashishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun ham juda foydali bo‘ladi.
Agar siz ham ingliz tilidagi bilimlaringizni mustahkamlash uchun ishonchli o‘quv markazi qidirayotgan bo‘lsangiz, u holda Opal Education o‘quv-markaziga murojaat qiling:
- Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani;
- Mo‘ljal: «Chilonzor» metro bekati va «Kasbino» supermarketi;
- Telefon: +998-95 198-86-66 (Telefon qabuli har kun 9:00dan 20:00gacha).
_________________

- Opal Education’ning o‘tgan yilgi natijalari
2016—2017 o‘quv yilidagi natijalarga ko‘ra, o‘quv markazimizda tayyorlanganlarning 95 foizi talabalik baxtiga sazovor bo‘ldi. Kam bo‘lsa-da, o‘qishga kira olmaganlar Toshkentdagi xalqaro universitetlarning qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarida talabalikka qabul qilinishdi.
- IELTS bo‘yicha darslar tartibi
Bizda ingliz tili bo‘yicha malakali o‘qituvchilar sizning kun tartibingizga mos ravishda – haftada 5 kun (dushanbadan jumaga qadar) yoki haftasiga uch kunlik dars jadvalini taklif qiladilar.
Markazimizdagi o‘qituvchilar yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tajriba orttirgan bo‘lishlari bilan bir qatorda, sizga dars berishdan oldin markazimizning maxsus treninglarda ham qatnashganlar.



















