
Joriy yilning 18 iyun kuni Toşkent şahridagi Botanika boğida şahardagi biznes va işbilarmonlik muhitini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan «Top-500» anjumani bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Bugungi forumdan maqsad qanday?

Şaharning yangi rahbariyati işini umuman boşqaça taşkil etayotganini namoyiş qilişdan iborat. Bu haqda Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev şunday deydi:
«Maqsad - qurilayotgan rivojlaniş rejalarini biznes hamjamiyati bilan birgalikda va faqat şerikçilik ruhida taşkil etiş, «Top-500» hamjamiyati bilan birgalikda Toşkentni Markaziy Osiyoning biznes poytaxtiga aylantiriş».
Oçiq aytilgan kamçilik va yeçimlar

Anjuman doirasida nutq sözlagan Jahongir Ortiqxöjayev şahardagi asosiy muammolarni oçiq-oydin gapirib ötdi. Söngra, uşbu masalalar yuzasidan yeçimlarni taklif etdi. Toşkentning örta va uzoq muddatli strategiyasini işlab çiqariş zarurligi ta'kidlandi.
«Hamşaharlarimizning ta'limi, madaniyati, jismoniy soğliği, ijtimoiy himoyalanişi va ularga yuqori darajali xizmat körsatilişi ustuvor vazifamiz böladi. Şahrimizdagi muhitni keskin yaxşilaş, barqaror iqtisodiy körsatkiçlarni ta'minlaş, şahrimizni yuqori samaradorlik va şaffoflik bilan boşqariş kerak», deydi u.

Şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Ortiqxöjayevning ta'kidlaşiça, yer maydonlarini oçiq auksion orqali taqsimlanişi, şahar boş rejasining yangilanişi va tasdiqlanişi zarur.
















