Toshkent metrosidagi o‘zgarishlar haqida tarqalgan so‘nggi yangiliklar odamni xursand qilishi aniq. Endi metroda suratga olish mumkin, ayrim bekatlarda esa Wi-Fi paydo bo‘ldi. Bu, albatta, yaxshi, biroq poytaxt metrosini yanada rivojlantirish bilan deyarli hech kim shug‘ullanmayapti.

Taqqoslash uchun, London metrosi Buyuk Britaniyaning faxri hisoblanadi.

Uzbekistan.travel rasmiy saytida Toshkent metropoliteni haqida bitta ham so‘z yo‘q. Ishoning, ko‘plab mamlakatlarda bizdagi kabi metroga ega bo‘lishni xohlashadi. Bizda uchta liniyaga ega, chiroyli bekatlari bor metro mavjud, ammo biz buni qadrlashni va undan qanday foydalanishni bilmaymiz. Bizda bor bo‘lgan narsalardan faxrlanish muhimdir.

Qanday qilib kerakli joyga yetib borish mumkin?

Umuman olganda, dunyoning ko‘plab metrolarida bekatga kirish qismida poyezd sxemasining cho‘ntak xaritasini topish mumkin.

Afsuski, O‘zbekistonda bunday oddiy amaliyot hali yo‘q.

O‘z navbatida, bu sayyohlar va aholining harakatlanishida ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Natijada, siz yoki vagonda metro xaritasini qidirishingiz, yoki boshqa bir yo‘lovchidan muntazam ravishda «Bu Chilonzormi?», «Men bekatni o‘tkazib yubormadimmi?», «O‘zbekiston bekatiga qanday yetib borsa bo‘ladi?», «Boshqa bekatga qayerdan o‘tadi?», deb so‘rashga majbur bo‘lasiz.

Bekatlar nomlanishi

Rostini aytadigan bo‘lsak, bizning metroda bekatlar nomini topish odatda qiyin ishdir. Ularning ko‘pchiligi har 5-10 metrda joylashgan bo‘lib, harflar rangi zerikarli va qandaydir ma'yusdir.

Ushbu fotosuratda sayyohlar stansiya nomining fonida suratga tushishmoqda. Nom esa, katta harflar bilan, aniq va tushunarli yozilgan.

Bu yerda esa bekatni qanday bezash lozimligiga misol. Ko‘rsatkichlarga e'tibor bering. Deyarli har bir qadamda bekatning nomi.