2018 yil 1 avgustgaça korporativ avtotransport haydovçilarining malakasini oşiriş mutlaq huquqi «Avtotest Report» MÇJ va kamida 51%i uşbu kompaniyaga tegişli taşkilotlarda saqlanadi, deb yozmoqda Norma.
Ötgan yil sentabrda hukumat yuridik şaxslarga tegişli avtotransportni boşqarayotgan haydovçilarning malakasini majburiy oşiriş tartibini joriy etdi. Tartib 2018 yil 1 yanvardan amal qila boşlaşi rejalaştirilgan edi. Malaka oşiriş davriyligi 2 yilda 1 marta etib belgilandi. Korporativ avtotransport haydovçilarining malakasini oşiriş bilan şuğullaniş mutlaq huquqi «Avtotest Report» MÇJ va ustav fondida kamida 51% uluşi (aksiyalari) uşbu kompaniyaga tegişli bölgan taşkilotlarga berildi.
Jamoatçilik orasida faol munozaralarga sababçi bölganligi bois taomilni qayta körib çiqişga qaror qilindi. Avval Adliya vazirligi xabar berganidek, litsenziya talablariga javob beruvçi barça xöjalik yurituvçi sub'yektlar malaka oşiriş bilan şuğullaniş huquqiga ega böldilar. Faqat tijorat taşişlari bilan şuğullanuvçi şaxslar uçun taomilning majburiy tusini saqlab qoliş rejalaştirilgan edi. Biroq bu faqat loyiha bölib, hujjatning yakuniy versiyasida bu masala boşqaça hal etildi.
Vazirlar Mahkamasi 23.02.2018 yildagi qarori bilan uçta asosiy jihatga özgartiriş kiritdi:
1) malaka oşiriş majburiy bölgan sana. U qaror e'lon qilingan kun, ya'ni 26 fevralga köçirildi;
2) malaka oşirişi majburiy bölgan şaxslar (haydovçilar) doirasi. Ularga quyidagilar kiritildi:
• yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boşqarayotgan jismoniy şaxslar bundan mustasno;;
• avtotransport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilingan şaxslar.
3) haydovçilarning malakasini oşiriş huquqi berilgan sub'yektlar röyxati. 2018 yil 1 iyundan davlat ta'lim muassasalari va nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyaga ega bölgan boşqa yuridik şaxslar uşbu faoliyat bilan şuğullana olişi nazarda tutilgan edi.
Hukumat xususiy avtomaktablarni litsenziyalaş va tegişli öquv guruhlarini röyxatga oliş tartibini tasdiqladi. Biroq haydovçilarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş bilan har qanday davlat va nodavlat ta'lim muassasalari (litsenziya mavjud bölganda) şuğullana oladigan sana 2018 yil 1 avgustga köçirildi.












