Bir masala köp sonli fermerlarimizning boşini gangitib qöymoqda. Gap şundaki, 2017 yil 4 sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion öqitiş uslublarini joriy etiş yöli bilan haydovçilarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş, şuningdek ularning malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi 693-son qarori qabul qilingan edi, deb yozadi Özbekiston Respublikasi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayev Facebook’da.
Uşbu qarorda 2018 yilning 1 yanvaridan yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilar ikki yilda bir marta malaka oşirişga majburligi va ularga malaka oşirganligi töğrisida “Avtotest Report” MÇJning sertifikati topşirilişi belgilangan edi.
Şundan söng hukumatning mazkur qaroriga bir neça marta özgarişlar kiritildi. Natijada yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilarning malakasini oşiriş faoliyati tegişli litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslar tomonidan 2018 yilning 1 avgustidan boşlab amalga oşirilişi belgilangan.
Yöl harakati iştirokçilarining xavfsizligini ta'minlaş, haydovçilarning bilimini oşiriş va ularning yöl harakati qoidalariga rioya etiş böyiça mas'uliyati hamda javobgarligini oşiriş maqsadida ularning malakasini oşiriş katta ahamiyatga ega, albatta. Biroq masalaning yana bir jihati borki, u haqida jiddiy öylab köriş har tomonlama foydalidir.
Bugungi kunda joylardagi örganişlarda, internet tarmoqlarida, aholi bilan muloqotlar va ularning murojaatlarida yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilarning malakasini oşiriş borasida örnatilgan tartibning ijrosi bilan boğliq qator muammolar kötarilmoqda.
Haydovçilarni öqitiş va ularning malakasini oşiriş böyiça xizmatlar qanday litsenziyalanadi?Xususan, hozir yurtimizda röyxatdan ötib faoliyat yuritayotgan 303 ming 300 ta yuridik şaxs va 152 ming 689 ta fermer xöjaligi mavjud bölib, ulardagi avtotransport vositalarini haydovçi vazifasida işlovçi şaxslardan taşqari rahbarlari yoki xodimlari tomonidan ham haydovçilik guvohnomasi va işonçnoma asosida boşqarilişi, avtotransportlardan tijorat, şu jumladan, yölovçi va yuklarni taşiş maqsadida foydalanilmasligi inobatga olinmagan.
Yoki yuridik şaxslarga tegişli avtotransport vositalarini boşqarayotgan haydovçilar ikki yilda bir marta malaka oşirişga majburligi belgilangan bölib, yöl harakati qoidalarini tez va muntazam özgarmasligini inobatga olganda, malaka oşiriş uçun qisqa muddat, ya'ni ikki yil belgilangan.
















