Özbekiston va Tojikistondan mahsulotlar Qozoğistonga asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan milliarder Fattoh Şodiyevning jiyani Orifjon Şodiyevga qaraşli logistika markazi orqali ötadi. Bu haqda Forbes Qozoğiston yozmoqda.

Bu Janubiy Qozoğistonda «A» (Knight Frank xalqaro klassifikatsiyasi böyiça) sinfidagi yagona transport-logistika markazi (TLM) ekani hisobga olinsa, «Continental Logistics Shymkent» Özbekiston va Tojikistondan kelayotgan tovarlarni bojxona rasmiylaştiruvi hamda saqlaş böyiça xizmatlar körsatadigan asosiy qozoq kompaniyasiga aylanadi, deya ta'kidlaydi naşr.

Şuningdek, Özbekiston operatorlari bilan birgalikda qöşma korxona tuziş böyiça muzokaralar olib borilayotgani, uning doirasida yuk taşiş uçun «Yaşil yölak» taşkil etilişi, u har ikki mamlakatning logistika markazlarida ham xizmat körsatişi qayd etildi. Kutilişiça, bunday holatda yuk taşuvlari hajmi yiliga 250-400 ming tonnaga teng böladi.

Orifjon Şodiyev Capital bank direktorlar kengaşi raisi va 100% egasi sanaladi, «One &Top», «PRIME System KZ» va «Integra Construction KZ» (sobiq «Jol Jondeuşi»), Todini Costruzioni Generali’da uluşlarga ega.