Rossiyada jahon çempionati öyinlari davom etmoqda.
H guruhida Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari bellaşdi. Öyin murosasiz va keskin kuraşlarga boy böldi.
3-daqiqadayoq öyin taqdirini hal qilgan voqea yuz berdi. Yaponiya terma jamoasi hujumçisi Osako darvozabon bilan yuzma-yuz çiqib bordi va zarba yölladi. Biroq, darvozabon Ospina töpni qaytara oldi. Unga birinçi bölib yetib kelgan Kagava böş qolgan darvozani nişonga olganida, himoyaçi Karlos Sançes töpni qöli bilan tösib qoldi. Natijada boş hakam penalti belgilab, himoyaçini «sönggi umid» foli uçun maydondan çetlatdi. Kagava esa penaltidan hisobni oçdi.

Bir futbolçi kam bölib qolgan Kolumbiya kuraşni töxtatmadi. 39-daqiqada esa hisobni tenglaştirdi. Kintera jarima zarbasini amalga oşirişda hiyla işlatdi. U töpni havodan emas, balki yerlatib tepdi. «Jonli devor»da turgan futbolçilar esa osmonga sakraşdi, natijada töp ularning ostidan ötib, darvozaga kirib ketdi.

Ikkinçi bölim Yaponiyaning biroz ustunligida ötdi. 73-daqiqada Osako burçak zarbasidan söng, töpni boşi bilan Kolumbiya darvozasiga aniq yölladi. Qolgan daqiqalarda janubiy amerikaliklar hisobni tenglaştiriş uçun xarçand urinişmasin, buni uddalay olişmadi.

JÇ-2018, N guruhi
Kolumbiya – Yaponiya 1:2
19 iyun, Saransk, «Mordoviya Arena»
Gollar: 0:1 – 6, penalti Kagava, 1:1 – 39 Kintero, 1:2 – 73 Osako.
Kolumbiya – Ospina, Murilo, Moxika, Aryas, Sançes, Lerma, Sançes, Kintero (Xames, 59), Kuadrado (Barrios, 31), Iskerdo (Bakka, 70), Falkao.
Yaponiya – Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Xasebe, Sibasaki (Yamaguti, 80), Kagava (Xonda, 70), Xaraguti, Inui, Osako (Okadzaki, 85).


















