London şimolida Buyuk Britaniya içki işlar vaziri Sajid Javidni moped mingan öğrilar tunab ketişdi. The Sun IIV rahbarining sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Voqea bir neça oy ilgari Yuston vokzali yaqinida röy bergan. Vazirning sözlariga köra, barçasi bir zumda sodir bölgan.
"Men telefonda taksi çaqirayotgan edim. Nima röy berganini anglaganimda keç bölgandi. Ular hamyonimni tortib olib, noma'lum yönalişda yaşirinişga ulgurişdi", - deydi Javid.
Vazir internetda piçoqlar sotilişiga taqiq kiritiş va giyohvand moddalar sotuvçilarga qarşi kuraşni kuçaytiriş tarafdori ekanini ta'kidlagan. U şuningdek yoşlar bilan profilaktik suhbatlar ötkaziş muhim deb hisoblaydi. Javid bularning bari Britaniya şaharlari köçalarida zöravonlikni ildizi bilan yöq qiliş imkonini berişiga işonadi.

"Bizning köçalarimiz kunu tun xavfsiz bölişi kerak", - dedi IIV rahbari.












