Qozoğistonning Janubiy Qozoğiston viloyati örniga Turkiston viloyati taşkil etildi. Yangi viloyatning ma'muriy markazi etib Turkiston şahri belgilandi. Çimkent esa respublika miqyosidagi şahar maqomini oldi. Bu haqdagi farmonni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev imzoladi.

Nazarboyev farmonni imzolaş marosimidagi nutqida Çimkent Ostona va Olmaota bilan bir qatorda aholisi bir milliondan köproq bölgan şaharlar qatoriga kirganini ta'kidlab ötgan. 

Qozoğiston prezidenti yangi taşkil etilgan viloyat yangi ma'muriy vazifalarni sifatli amalga oşiriş uçun barça imkoniyatlarga egaligini aytgan va qabul qilinayotgan qaror muhim tarixiy ahamiyatga egaligini ta'kidlab ötgan.  

“Çimkent nafaqat bizning mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiyalar, texnologiyalar va intellektual zaxiralarni jalb qiliş markaziga aylanadi. Buning uçun barça şaroitlar va zarur salohiyat mavjud”, deb aytgan Nazarboyev.