Andijon şahrida velosipedçilar uçun yölaklar taşkil etiladi. Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Yu.Otabekov köçasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişiş asnosidagi yiğilişda bu böyiça şahar hokimligi rahbarlariga aniq topşiriqlar berdi. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasida xabar qilingan.

Andijon şahrida 425 ming aholi istiqomat qiladi. Qariyb 40 mingga yaqin avtotransport vositalari mavjud. Viloyat miqyosida esa 187 mingta avtoulov bor. Qatnovning köpligi, atrof-muhit musaffoligini saqlaş masalasi piyoda yoki ekologik toza transport vositasida harakatlanişni keng tarğib qilişni taqozo etadi.

Şularni nazarda tutib, Andijon şahridagi 7ta markaziy köçada velosipedçilar uçun umumiy 28,6 km uzunlikdagi yölakçalar taşkil qilinadi. Bir tomonlama yölakçalarning eni 2,25 metr, ikki tomonlama yölakçalarniki 3,25 metr bölişi közda tutilgan.

Dastlabki bosqiçda 500 ta zamonaviy velosipedlar olib kelinib, 20 ta prokat maskani taşkil qilinadi va barça maskanlar yagona elektron tizimga ulangan holda işlaydi.

Bundan taşqari, uşbu yönalişda axborot texnologiyalarini keng qöllagan holda velosipedlarni ijraga olişdan tortib uni tölovlari töliq avtomatlaştiriladi. Bu borada viloyat hokimi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş boşqarmasiga aniq takliflarni işlab çiqiş va bu yönalişda xorijiy davlatlar tajribasini örganiş böyiça topşiriqlarni berdi.











