Bugun, 21 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov raisligida, 20 iyun kuni Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangan Şerzod Şermatov boşçiligidagi yangi rahbariyat iştirokida xalq ta'limi tizimi muammolariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Boş vazir xalq ta'limida sifat tuşib ketgani sabablari haqida gapirgan.
«Xalq ta'limi vazirligi tizimiga yuqori malakali vatanparvar mutaxassis va rahbarlarni jalb etişimiz kerak. Buning uçun tegişli moliyaviy resurslar ajratiş hamda yordam körsatiş böyiça prezidentimizning alohida qarorlari ham tayyorlanişi topşiriq qilindi.
Afsuski, oyliklar kötarilmagani, munosib şaroitlar bilan ta'minlanmagani natijasida köplab yaxşi pedagoglar ta'lim tizimidan çiqib ketib, boşqa sohalarda mehnat qilişga majbur bölmoqda. Öqituvçi kasbining obrösi tuşib ketgani tufayli hozir maktablarda deyarli erkak öqituvçilar qolmagan.
Bu bir kunda özgaradigan iş emas. Qaniydi bir kunda özgarsa, birinçi navbatda şu iş qilingan bölardi. Bu bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Iqtisodiyotimizni sal kötarib olaylik, kelajakda, albatta, öqituvçilarning maoşi yetarli miqdorda oşiriladi.
Ta'lim sohasini moliyalaştiriş masalasi Ta'lim, soğliqni saqlaş, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari Aziz Abduhakimovga topşiriladi. Mablağlardan maqsadsiz foydalanişga barham berilişi kerak», — deya Abdulla Aripovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz manbasi.
Eslatib ötamiz, 19 may kuni prezident Andijon viloyatiga safari davomida Uluğnor tumani hokimligida ötkazilgan videoselektorda «öziga qolsa, öqituvçining maoşini 10 barobar oşirgan bölişi, ammo hozirça bunga moliyaviy holat yöl bermayotgani» haqida gapirgandi.
2018 yil 5 apreldagi «Respublika oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tölaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3655-son qaroriga köra, Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari va öqituvçilari maoşi örtaça 25 foizga oşirilişi ma'lum qilindi.












