Fransiyalik olimlar odamlar kamroq yolğon gapira boşlaganlarida özlarini ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan yaxşiroq his qilişlarini isbotlaşdi. Navbatdagi yolğon töqilayotganda organizmda nimalar röy berişi haqida "Zdorove s Yelenoy Malyşevoy" dasturida ma'lumot berildi.

1. Stress gormoni darajasi oşadi

Hayotda sodir bölmagan hodisa va tafsilotlarni xotirada saqlaş qiyin. Boz ustiga kimni nima deb aldaganingizni eslab qolişingiz va yolğoningiz foş bölmasligi uçun huşyor turişingiz kerak böladi.

AQŞning Illinoys ştati olimlarining fikriça, bularning bari natijasida içki noqulaylik yuzaga keladi. U buyrak osti bezlarini qonga stress gormonlarini taşlaşga majbur qiladi. Yolğon detektori aynan şunga qarab yolğonni aniqlay oladi: u puls çastotasi, nafas ritmi, teri elektrifikatsiyasi, terlaş va köz qoraçiğlari reaksiyasini kuzatadi. Öz yolğoningiz tufayli qança köp asabiylaşsangiz, organizm şunça köp stress reaksiya bildiradi.

Foto: Shutterstock

2. Kasal böliş xavfi oşadi

Stress – bu emotsional holat emas, tölaqonli aniq fiziologik jarayon. Qonga kortizol va adrenalin taşlanganda, organizm immun reaksiyalarni yoqadi. Barça kuçlar sizning imkon doirasida duşman bilan kuraşişingizga (yoki undan qoçişingizga) ketadi.

Foto: Shutterstock

Agar stress surunkali tus olsa, bu normal holatga aylanadi, organizmning kasalliklarga çidamliligi keskin pasayadi. Doimiy xavotirlar fonida immun tizimi bakteriyalar, viruslar va hatto saraton hujayralariga sekinroq reaksiya qiladi.

Amerikalik tadqiqotçilar buni amalda isbotlaşdi. Ular 110 kişini ikki guruhga ajratişdi: bir guruhdagilarga yolğon gapirişga ruxsat berildi, boşqasiga esa faqat töğrisini sözlaş tayinlandi. Barça iştirokçilar poligrafda tekşirildi. 10 haftadan keyin eng töğrisöz iştirokçilar özlarini ança yaxşi his qila boşlaşdi: boş oğriğidan xalos bölişdi, uyqulari yaxşilanib, kamroq asabiylaşadigan bölişdi. Şu bilan birga, töğrisözlik ularning yaqinlari bilan munosabatlariga ijobiy ta'sir qilganini ta'kidlaşdi.