Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining ixtisoslaştirilgan maktab-internati faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Kasb-hunar ta'limi markazining:
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Harbiylaştirilgan maxsus maktab-internat negizida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining ixtisoslaştirilgan maktab-internatini taşkil etiş;
ixtisoslaştirilgan maktab-internatni Toşkent şahar, Uçtepa tumani, M.Şayxzoda köçasi, 64-uy manzilida joylaşgan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 1-sonli Toşkent akademik litseyi binosiga joylaştiriş;
Toşkent şahar, Mirzo Uluğbek tumani, Gyote köçasi, 54-uy manzilida joylaşgan Mirzo Uluğbek tumani politexnika kasb-hunar kollejining bino va inşootlarini tegişli hududi bilan birgalikda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 1-sonli Toşkent akademik litseyiga operativ boşqaruv huquqi asosida, şuningdek, boşqa asosiy vositalarini bepul beriş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Belgilanişiça, Mirzo Uluğbek tumani politexnika kasb-hunar kollejiga 2016-2017 öquv yilida öqişga qabul qilingan öquvçilar öqişlarini öz mutaxassisliklari böyiça uşbu kasb-hunar kolleji binosida tamomlaydilar va ularga davlat namunasidagi diplomlar belgilangan tartibda beriladi.
Quyidagilar ixtisoslaştirilgan maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilandi:
içki işlar organlarining, birinçi navbatda xizmat majburiyatlarini bajariş çogida halok bölgan, şuningdek, xizmatni ötaş davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi, kasalligi va jarohatlanganligi oqibatida nogironlikka uçragan yoki vafot etgan harbiy xizmatçi va xodimlarining farzandlariga ta'lim va tarbiya beriş hamda ularning ijtimoiy-huquqiy himoya qilinişini ta'minlaş;
öquvçilarni umumiy örta ta'limning davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq sifatli öqitişni taşkil etiş, ularning Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademik litseylari va harbiy akademik litseylarda öqişni davom ettirişlari uçun zarur va yetarli bölgan çuqurlaştirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini ta'minlaş;
ta'lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar, tarixda ajdodlarimiz körsatgan jasorat va bugungi kundagi Özbekiston Qurolli Kuçlarining qahramonlik an'analari asosida öquvçilarni tarbiyalaşning samarali şakllari va usullarini joriy etiş.












