DSQning qarori bilan Yuridik şaxslarni yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritişning mezonlarini belgilaş töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son farmoniga binoan yirik soliq tölovçilar böyiça soliq ma'muriyatçiligi Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahar davlat soliq boşqarmalari tomonidan amalga oşirilişi nazarda tutilgan.
Qabul qilingan hujjatda belgilanişiça, yuridik şaxslarni yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritiş uçun oldingi soliq davri yakuni böyiça quyidagi mezonlarga bir vaqtning özida mos keladigan yuridik şaxslar tanlab olinadi:
• soliq davri yakuni bilan hisoblangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlar summasi EKIHning 200 ming baravaridan kam bölmagan (34 mlrd 448 mln söm);
• tovar aylanmasi hajmi EKIHning 300 ming baravaridan kam bölmagan (51 mlrd 672 mln söm);
• jami aktivlari qiymati EKIHning 100 ming baravaridan kam bölmagan (17 mlrd 224 mln söm).
Bunda eng kam iş haqi (EKIH) miqdori yirik soliq tölovçilar toifasini aniqlaş uçun tanlangan soliq davri yakunida belgilangan eng kam iş haqi miqdoridan kelib çiqqan holda hisobga olinadi. Yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritiş soliq organlariga taqdim etilgan soliq hamda moliyaviy hisobotlar asosida amalga oşiriladi.
Yirik soliq tölovçilar röyxati har yili keyingi soliq davri boşlangunga qadar bir oydan keçikmay Davlat soliq qömitasi tomonidan tasdiqlanadi. Yirik soliq tölovçilar röyxatiga kiritilgan yuridik şaxslar Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahar davlat soliq boşqarmalari tomonidan tegişli qaror qabul qilingan kundan e'tiboran 5 kun içida bu haqda hisobga qöyilgan joy böyiça yozma ravişda, şu jumladan soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Agar yuridik şaxs soliq davri yakuni böyiça yirik soliq tölovçilarga qöyiladigan mezonlarga javob bermasa, u navbatdagi bir yil mobaynida yirik soliq tölovçilar toifasida qoladi. Taşkilot yirik soliq tölovçilar röyxatidan çiqarilganligi töğrisidagi xabarnomani olmagunga qadar yirik soliq tölovçilar toifasida qoladi.












