Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov öz çizmalari asosida poyga maşinasini yiğdi. Berdimuxamedovning bu maşinani yaratiş ustida işlaş jarayoni videoda qayd qilingan.

Ma'lum qilinişiça, Berdimuxamedov 19 iyunda öğli Sardor bilan Avtomobil sporti markaziga taşrif buyurib, u yerda öz çizmalari asosida tezkor sport yöltanlamasini öz qöllari bilan yiğgan va uning imkoniyatlarini sinovdan ötkazgan. 

Jumladan, Berdimuxamedov maşinani işonçliroq qiliş uçun uning karkasini kuçaytirişga körsatma bergan, ba'zi qismlarini boşqatdan örnatgan va özgartirgan. Avtomobil xayollab ötirilmay, şu zahotiyoq sinovdan ötkazilgan: Berdimuxamedovning özi maşinani boşqargan, uning öğli unga şturmanlik qilgan. Ota-bola maşinada Qoraqum tomon yöl olişgan. 

May oyida Berdimuxamedov poyga maşinasida professional poygaçi bilan bellaşib, uni doğda qoldira olgandi. 2015 yil avgustda Turkmaniston prezidenti “Alfa-Romeo-2015” poygasida ğalabaga erişgan.