Bugun, 21 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov raisligida, 20 iyun kuni Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangan Şerzod Şermatov boşçiligidagi yangi rahbariyat iştirokida xalq ta'limi tizimi muammolariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Abdulla Aripov Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ta'lim tizimi bilan boğliq bir qator vazifalar qöyilganini ma'lum qilgan.

«Tizimni tubdan isloh qilişimiz kerak. Keça şunaqa topşiriq böldi. Xalq ta'limi tizimi keyingi 27 yil davomida barbod bölib bordi. Öquv darsliklari umuman talabga javob bermaydi. Maktab bolalarining özi xatolarni topib kelyapti.

Prezidentimiz jamiyatda öqituvçilarning obrösini oşiriş zarurligini gapirdi. 

Avval öqituvçining obrösi yuqori bölgan, hamma öqituvçi bölişni istagan, bu kasb bilan faxrlangan. Afsuski biz keyingi yillarda öqituvçini xor qildik. Natijada maktablarda öqituvçi öquvçidan pul oladigan ahvol yuzaga keldi. Nima qilsin beçora?

Prezidentimiz «Videoselektor ötkaz, hammaga yetib borsin»,— dedilar. Prezidentimiz «Öqituvçini hurmat qilmagan rahbarni men hurmat qilmayman»,— dedilar.

Yangi rahbariyat va OAV bu işda bizga yordam berişi kerak», deya boş vazirning sözlarini keltirgan «Kun.uz» manbasi.

Bundan avvalroq prezident maktablarni mahalliy hokimliklar tasarrufidan çiqarişga körsatma qilgani ma'lum bölgandi.