20 iyun kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mamlakatni rivojlantirişning bugungi bosqiçida muhim ahamiyatga ega bölgan va amalga oşirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni jadallaştirişga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini körib çiqdilar.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi axborot xizmati xabariga köra, deputatlar öz işlarini Özbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqişdan boşladilar.
Kiritilayotgan qöşimçalarga köra, avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga beriş huquqi mazkur sohada xizmat körsatadigan yuridik şaxslarga berilib, ular yengil avtomobillar va mototransport vositalarini öttiz kungaça bölgan muddatga ijaraga beriş şartnomasini oddiy yozma şaklda tuzişlari mumkinligi belgilanmoqda.
Kun tartibiga kiritilgan navbatdagi qonun loyihasi ta'lim sohasidagi islohotlarining qonuniy asoslarini yaratayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, unda ta'lim tizimidagi yangi yönalişlar qonun bilan mustahkamlanmoqda.
Mazkur qonun loyihasi umumiy örta va örta maxsus ta'limda 11 yillik tizimining majburiyligi, kasb-hunar ta'limining 11 yillik bazadan söng ixtiyoriy ravişda amalga oşirilişi, nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş sohasida faoliyat körsatayotgan yuridik şaxslar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etilayotgan ta'lim muassasalari tarmoğini kengaytiriş, mazkur faoliyatni tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş hamda nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş tartibini soddalaştirişni nazarda tutadi.
Söngra deputatlar yangi tahrirdagi «Ösimliklar karantini töğrisida»gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda moddama-modda muhokama qildilar. Qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida prezidentning sohani takomillaştirişga doir farmon va qarorlaridagi ğoyalarni singdirişga jiddiy e'tibor qaratildi.
Şuningdek, mas'ul qömita tomonidan mazkur loyiha yuzasidan hududlarda soha mutaxassislari, tadbirkorlar, dehqon va fermer xöjaliklari vakillari bilan davra suhbatlari va uçraşuvlar ötkazildi va ulardan 100 dan ortiq takliflar olindi.
Majlisda şuningdek, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi fraksiyasi taşabbusi bilan bir guruh deputatlar tomonidan quyi palata muhokamasiga kiritilgan «Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalarni çekişni çeklaş töğrisida»gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.












