Oxirgi 5 yil davomida Intel kompaniyasining ijroçi direktori lavozimini egallagan Brayan Krjaniç iste'foga çiqdi. Uning örnini kompaniyaning moliyaviy direktori Robert Svon vaqtinçalik egalladi.  

Kompaniyaning ma'lum qilişiça, Krjaniç içki tergov uning kompaniya xodimlaridan biri bilan yaqin aloqada bölganini tasdiqlaganidan keyin iste'foga ketişga majbur bölgan. Rahbarlarning xodimlar bilan işqiy munosabatlarda bölişi kompaniyaning qoidalariga zid hisoblanadi.  

Ayni vaqtda kompaniya Krjaniç örniga nomzod izlamoqda. The Verge’ning ta'kidlaşiça, 1982 yildan beri Intel’da işlab kelgan Krjaniçning biografiyasi kompaniya saytidan öçirib taşlangan.