
“Formula-1”ning “Mersedes” jamoasi poygaçisi Lyuis Xemilton Fransiya Gran-prisida ğalaba qozondi. 2-örinni “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen egalladi. Marraga uçinçi bölib “Ferrari” vakili Kimi Raykkonen yetib keldi.
Xemilton şu ğalaba evaziga poygada yetakçilikni yana öz qöliga oldi. Uning hisobida 145 oçko bor. 2-örinni 131 oçko bilan Sebastyan Fettel, 3-örinni 96 oçko bilan Daniel Rikkardo egallamoqda.
Poyganing keyingi – 9-bosqiçi Avstriyada 29 iyun-1 iyul kunlari bölib ötadi.











