Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan Rajab Toyyib Erdöğanga tabrik maktubi yölladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkiyada mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 24 iyunda ötgan prezident saylovlarida mutlaq köp ovoz olgani e'lon qilindi. Saylovlarning yakuniy natijalari şikoyatlar körib çiqilgandan keyin 10 kun içida ma'lum qilinadi.

Erdöğan 52,5 foiz ovoz bilan 1-turning özida ğolib böldi. Uning asosiy raqibi Muharram Injye 30,7 foiz, qolgan nomzodlar – Salohitdin Demirtoş 8,4 foiz, Meral Akşener 7,3 foiz, Tamal Karamullaöğlu 0,9 foiz va Dogu Perinçek 0,2 foiz ovoz töplagan.

Parlament saylovlarida hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 42,4 foiz ovoz, Milliy harakat partiyasi 11,1 foiz ovoz töplagan. Şu tariqa bu partiyalarni birlaştiruvçi Xalq alyansi parlamentda köpçilik örinni oladi.