Argentina terma jamoasi 30 iyun kuni 1/8 finalda, Qozon şahrida Fransiya bilan bellaşadi.
Tatariston poytaxtida terma jamoalar uçun 2ta mehmonxona tayyorlab qöyilgan – «Ramada» va «Miraj».
Fransiya terma jamoasi avvalroq Qozonda Avstraliya bilan öynagan va «Miraj» mehmonxonasida istiqomat qilgan edi. Bu safar ham fransuzlar şu mehmonxonani tanladilar.

Demak, Argentina terma jamoasi «Ramada» mehmonxonasida istiqomat qiladi. Uning derazalaridan Kriştianu Ronaldu graffitisi körinib turadi. Portugaliyalikning tasviri ötgan yili, Konfederatsiyalar Kubogi arafasida paydo bölgan edi.













