Muomaladagi naqd pullar miqdori keskin ösdi. Bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

1 iyun kungi holatga köra, muomaladagi naqd pullar 20 trln sömga teng. 1 mayda esa, bu körsatkiç 18,6 trln söm, 1 aprelda - 18,2 trln söm bölgandi.

Şu bilan birga, milliy valyutadagi depozitlar miqdori ham ösgan - 31,6 trln söm (mayda - 30,6 trln söm, aprelda - 30 trln söm edi).

Xorijiy valyutadagi depozitlar qisqarişda davom etmoqda - 24 trln söm (may oyida - 25,3 trln söm, aprelda - 25,7 trln söm edi). 

Keng ma'nodagi pul massasi 1 iyun holatiga köra 76,2 trln sömga teng. May oyida - 74,6 trln söm, aprelda - 74 trln söm edi.