Joriy yilning 28 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisi öz işini boşladi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, mazkur yalpi majlisda “Esktremizmga qarşi kuraşiş töğrisida“, “Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalar çekişni çeklaş töğrisida“gi Özbekiston Respublikasi Qonunlari ma'qullanişi kutilmoqda.

Şuningdek, “Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi töğrisida“gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida“gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ham ma'qullanişi mumkin.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisida Boş prokurorning Özbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2017 yildagi faoliyati töğrisidagi hisoboti, Içki işlar vazirining içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş sohasidagi faoliyati töğrisidagi axboroti eşitilişi nazarda tutilgan.