Çilim va elektron sigaretalarni çekiş mumkin bölmagan jamoat joylari tarkibi aniqlaştirilmoqda. Xususan, klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida, kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, körik va körgazma zallarida, yer osti ötiş joylarida, transport bekatlarida, köp qavatli uylarning yölaklarida, xiyobonlarda, boğlarda, köçalarda va boşqa jamoat joylarida çekişga yöl qöyilmaydi. Bu haqda senator Gavhar Alimovaga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalarni çekişni çeklaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişga mas'ul şaxslar va ularning majburiyatlari belgilanmoqda», deydi Gavhar Alimova.

28 iyun kuni öz işini boşlagan Özbekiston Respublikasi Senatining XV yalpi majlisida senatorlar «Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalarni çekiş töğrisida»gi qonunni ma'qullaşdi.

Muhokama etilayotgan qonun tadbirkorlik sub'yektlari zimmasiga yangi majburiyatlarni yuklayotganligi hamda ularning javobgarligiga oid yangi çoralarni belgilayotganligi bois «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi Qonunga muvofiq u rasman e'lon qilingan kundan boşlab uç oy ötib kuçga kiradi

Bundan avval KUN.UZ'da çilim turli kasalliklarni keltirib çiqarişiga doir maqola çop etilgan edi. Unda aytilişiça, çilim çekiş yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, infeksiyalarni keltirib çiqarişi, şuningdek tuğilajak bolalar salomatligiga xavf solişi haqida ma'lum qilingan..