Bloomberg agentligi Bloomberg Billionaires Index ma'lumotlari asosida dunyoning eng boy oilalari reytingini tuzdi. 

Ta'kidlanişiça, dunyoning eng boy 25 oilasining umumiy boyligi 1,1 trln dollardan köproqni taşkil qiladi.

Reytingda 1-örinni Walmart dökonlari tarmoğiga egalik qiluvçi Uolton oilasi egallagan. Bu oilaning boyligi 151 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.

2-örinni Kox oilasi egallagan. Koch Industries kompaniyasi asosçisi Fred Koxning öğillari Çarlz va Devid umumiy hisobda 99 mlrd dollarga egalik qiladi. 

“Mars” kompaniyasi asosçisi Frenk Mars merosxörlari 88 mlrd dollarga ega. 

Reytingning 4-örnini dunyoda pivo işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniya hisoblangan Anheuser-Busch InBev’ga egalik qiluvçi uçta oila egallagan. Bu oilalarning umumiy boyligi 54 mlrd dollarga baholangan. 

Eng boy oilalar beştaligini Hermes modalar uyi asosçisi Terri Ermesning merosxörlari yakunlamoqda. Ular umumiy hisobda 49 mlrd dollarga egalar.

Yetakçi öntalikdan, şuningdek, Chanel egalari Alen va Jyerard Vertxaymer, Reliance Industries sanoat guruhi egalari Ambani oilasi, BMW’ga egalik qiluvçi Kvandt oilasi, Cargill Inc. korporatsiyasiga egalik qiluvçi Kargill oilasi va Boehringer Ingelheim farmatsevtik kompaniyasi egalari joy olgan.

Bloomberğning ta'kidlaşiça, reytingga merosi kamida bir marta avloddan avloddga ötgan oilalar kiritilgan.