Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida taşqi audit va moliyaviy nazorat oliy organi faoliyatini taşkil etiş masalalari qayd etilgan «Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi töğrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilina boşladi, deb yozmoqda Norma.

Hisob palatasi Prezident devonining mustaqil tarkibiy bölinmasi hisoblanadi. U öz faoliyatida bevosita davlat rahbariga böysunadi, unga, şuningdek Oliy Majlis palatalariga hisobot beradi.

Hisob palatasining işi quyidagilarga yönaltirilgan:

• Davlat byudjyeti loyihasi parametrlari şakllantirilişini va ularning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş ustuvor vazifalariga muvofiqligini tizimli tahlil qiliş;
• Özbekistonni rivojlantiriş böyiça qabul qilinayotgan davlat dasturlari moliyalaştiriş manbalari bilan ta'minlanganligini auditdan ötkaziş;
• byudjyet tizimidagi byudjyetlarga va qonun hujjatlariga muvofiq taşkil etilgan boşqa jamğarmalarga mablağlar töliq kelib tuşişini örganiş va nazorat qiliş;
• zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qöllaş orqali byudjyet tizimidagi byudjyetlarga va qonun hujjatlariga muvofiq taşkil etilgan boşqa jamğarmalarga tuşadigan daromadlarni köpaytiriş niyatida zaxiralarni aniqlaş va safarbar etiş;
• byudjyet tizimidagi byudjyetlar va qonun hujjatlariga muvofiq taşkil etilgan boşqa jamğarmalardan amalga oşirilayotgan xarajatlar samaradorligi va qonuniyligini auditdan ötkaziş, ularni barça darajalarda qisqartiriş uçun zaxiralarni aniqlaş;
• byudjyet tizimidagi byudjyetlar va qonun hujjatlariga muvofiq taşkil etilgan boşqa jamğarmalar mablağlari hamda davlat qarzlari hisobidan amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi va asosliligini baholaş;
• soliq va byudjyet qonunçiligini yanada takomillaştirişga doir takliflar işlab çiqiş, tizimli qonunbuzarliklar sabablarini, şuningdek özini oqlagan xalqaro tajribani umumlaştiriş va örganiş orqali byudjyetni rejalaştirişning zamonaviy usullarini joriy etiş;
• respublika byudjyeti bilan Qoraqalpoğiston byudjyeti, viloyatlar va Toşkentdagi mahalliy byudjyetlar örtasidagi nisbat maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromad vakolatlari va xarajat majburiyatlari töğri çeklanganligini baholaş, ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlaşga doir takliflar işlab çiqiş;