Kaşandalikning yangi körinişi - çilim va elektron sigaretalarning, ayniqsa, yoşlar orasida keng iste'mol qilinişi tobora kuçayib, «zamonaviylik belgisi» sifatida qaralmoqda, deydi senator Gavhar Alimova.
Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi örinbosarining fikriça, «çilim yoki elektron sigaretalarni iste'mol qiliş zararsizku» degan fikrning özi notöğri.
«Agar sigaretdan nikotin miqdorini hisoblaş imkoni mavjud bölsa, çilimda - bu qiyin masala. Çunki bir çilimdagi tamaki miqdori va çekiş vaqti bir xil emas, çilimlarning özi ham muayyan standartga ega emas. Bir sigaret çekiş taxminan 12-15 marta tamaki tortişga teng bölsa, bir soat çilim çekiş esa taxminan 200 marta tamaki tortişga teng böladi», deydi Alimova.
Senatorning ta'kidlaşiça, bir çilim çekiş natijasida öpkadan 90 ming ml. tutun ötadi, sigaretada esa mazkur körsatkiç bor-yöği 500-600 ml. taşkil etadi. Va bularning barçasi inson hayotiga xavf soladi.
«Fuqarolar soğliğini saqlaş davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tamaki mahsulotlarini iste'mol qiliş va tarqatişni çeklaş «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda iste'mol qilinişini çeklaş töğrisidagi» va «Reklama töğrisida»gi qonunlar, şuningdek, alohida normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi», deydi senator.
Şunday qilib, Senatning ön beşinçi yalpi majlisida senatorlar «Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalarni çekişni çeklaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunini ma'qullaşdi.











