Ma'lumki, mamlakatimizda onalik va bolalikning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy himoya qilinişini ta'minlaş, xotin-qizlarning hayot tarzini yaxşilaş, ularning jamiyat hayotining barça jabhalarida iştirok etişi uçun şaroit yaratişining mustahkam huquqiy kafolatlari mavjud.

Xotin-qizlar huquq va manfaatlarining bu kafolati Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunçilik, hukumat qarorlari hamda davlat dasturlarida öz aksini topgan. Prezidentimizning 2019 yilning 22 aprelidagi «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ham mazkur yönalişdagi işlarning mantiqiy davomi, desak mubolağa bölmaydi.

Qarorga muvofiq, bolalarning röyxatda turiş joyi va fuqaroligidan qat'i nazar, ularga barça ijtimoiy xizmatlar körsatiladi. Bundan taşqari, bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini töliq körib çiqiş kafolatlanadi va bola töliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni körmasdan qoldirişga yöl qöyilmaydi hamda 14 yoşga tölgan bola özining ta'minoti uçun bir vaqtning özida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undiriş töğrisida da'vo qözğatişga haqli. Ularni himoya qiliş maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan da'vogar davlat boji va boşqa tölovlarni tölaşdan ozod qilinadi. Şuningdek, Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) örinbosari – Bola huquqlari böyiça vakil lavozimi joriy etildi. Eng muhimi, «Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni ijtimoiy himoyalaş töğrisida»gi qonun işlab çiqiladi.

Yana bir yangilik, 2019 yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi ön sakkiz yoş etib belgilandi. Aytiş joizki, bugungi kunga qadar yurtimizda oila qurişning eng kiçik yoşi yigitlar uçun 18, qizlar uçun 17 etib belgilangan edi. Öz navbatida bu qator muammolarni keltirib, oila atalmiş muqaddas qörğonning buzilişi holatlari kuzatilardi. Bunga esa ikki tomon, ya'ni kelin-kuyovning nikoh qurişga tayyor emasligi, oilaviy munosabatlardan bexabarligi kabi boşqa tamoyillar ham sabab bölayotgandi.

Ta'kidlaş kerakki, ayol soğlom bölsa undan soğlom bola dunyoga keladi. U baxtiyor ona bölib, farzandini bağriga bossa, nafaqat özi, balki butun bir oila ham quvonçga töladi. Bu esa mustahkam oilalar qatoridan joy olişida sabab böladi. Şu bois, mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalaşga alohida e'tibor qaratiladi. E'tiroflisi, xotin-qizlar soğliğini asraş, ona va bola salomatligini muhofaza qiliş davlat siyosati darajasida kötarilgan. Aytmoqçimanki, yurtimizda ona bölişni dilida tuggan har bir qizning hali u ona bölmasidanoq salomatligi borasida qayğuriladi. Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan hududlardagi tibbiyot muassasalarida «Ayollar maslahatxonalari» taşkil qilingani bunga yaqqol misol böla oladi.