Şu kunga qadar Samarqand viloyati Kattaqörğon şahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Muzaffar Kozimoviç Hoşimov öz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. 

Sessiyada deputatlar tomonidan Gavhar Zoyirovna Alimova nomzodi Kattaqörğon şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlandi.

Gavhar Alimova Samarqand viloyati Jomboy tumanida tuğilgan. Mehnat faoliyatini 1989 yilda Jomboy tumanidagi 16-maktab yöriqçiligidan boşlagan. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qiliş kompleksi mutaxassisi, avvalgi “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boşqaruvi raisi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisining örinbosari bölib işlagan.

2018 yildan 2020 yilgaça Samarqand viloyati hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi, yaqindan boşlab esa Samarqand viloyati mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.

Şu tariqa, Özbekistonda amaldagi ayol hokimlar soni olti nafarga yetdi. 

Bungaça Namangan viloyati Töraqörğon tumaniga Zulayho Mahkamova, Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumaniga Nargiza Ne'matova, Andijon viloyati Böston tumaniga Sadbarxon Mamitova, Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumaniga Maqsuda Mustafoyeva hokim etib tayinlangan edi.