01:09 / 28.06.2018
8173

JCh-2018. Braziliya Serbiyani mag‘lub etib, 1/8 finaliga chiqdi

Braziliya terma jamoasi jahon chempionati E guruhining so‘nggi turida Serbiya bilan kuch sinashdi. "Spartak" stadionida kechgan o‘yin Braziliyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

36-daqiqada Paulino hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada Tiago Silva jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

Shu tariqa, Braziliya 7 ochko to‘plab, E guruhida 1-o‘rinni egalladi. Jamoa 1/8 finalida Meksikaga qarshi o‘ynaydi. 

Ye guruhi

Serbiya – Braziliya – 0:2 (0:1)

Gollar: Paulinyu, 36 (0:1). Tiagu Silva, 68 (0:2).
Serbiya: Stoykovich, Rukavina, Milenkovich, Velkovich, Kolarov, Tadich, Matich, Milinkovich-Savich, Lyaich (Jivkovich, 75), Kostich (Radonich, 82), Mitrovich (Yovich, 89).
Braziliya: Alisson, Fagner, Tiagu Silva, Miranda, Marselu (Filipe Luis, 10), Kazemiru, Koutinyu (Renatu Augustu, 80), Paulinyu (Fernandinyu, 66), Villian, Gabriel Jyezus, Neymar.
Ogohlantirishlar: Lyaich, 33. Matich, 48. Mitrovich, 70.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top