Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Otabek Murodov ötgan qisqa muddat içida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toşkent davlat yuridik universiteti hamda Qoraqalpoq davlat universitetlari bilan imzolangan memorandumlarni eng katta erişilgan yutuqlardan biri sifatida e'tirof etdi. Bu haqda Boş prokuror Senatning ön beşinçi yalpi majlisidagi nutqida bildirgan.

«Uşbu memorandum hujjatlari asosida oliygohlarda «Bölajak prokurorlar»​ klublarining faoliyati yölga qöyildi. Klubning asosiy maqsadi şundaki, talabalar orasidan biz bölajak prokurorlarni belgilab, ular öşa talabalikning ilk kunlaridanoq prokuratura idoralari faoliyati bilan yaqindan tanişadi. Umuman bu orqali amaliyotni örganiş masalasi qöyilgan», deydi Otabek Murodov.

Ta'kidlanişiça, joriy yilda 400dan ortiq oliygoh bitiruvçilari prokuratura organlariga işga joylaşadi.

«Ularning barçasi bilan şaxsan özim suhbat qilyapman. Ularning dunyoqaraşi boşqaça, ertaga bemalol ularni [lavozimga] tayinlab, yana bir karra örgatsak, albatta, bemalol işlab ketadigan darajadagi mutaxassislar bölib çiqadi», deya Boş prokuror sözlaridan iqtibos keltiradi Kun.uz muxbiri.