Prezident Şavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi 2-sonli içki işlar bölimiga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur bölim Olmazor tumanidagi “Şifokorlar”, “Jiydali”, “Hislat”, “Beruniy”, “Mirza Ğolib", “Çiğatoy Oqtepa” kabi mahallalarni tasarruf etadi. Hududda köp qavatli uylar, oliy ta'lim muassasalari, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy obektlar talaygina.

Kuni keça bölim xodimlari yangi binoda iş boşladi. Ular öz xizmat vazifalarini sifatli bajarişi, jamoat xavfsizligini ta'minlaşi uçun barça şaroitlar yaratilgan. 

Prezident sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, hududni keçayu kunduz kuzatib, aholining osoyiştaligini mustahkamlaş, jinoyatçilikning oldini oliş böyiça körsatmalar berdi.