Senatning ön beşinçi yalpi majlisida senator Isomiddin Abrorov Boş prokuror Otabek Murodovdan sobiq Boş prokuror Raşid Qodirov işi böyiça ma'lumot berişini söradi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Hozirgi kunda keng jamoatçilik orasida, xususan ommaviy axborot vositalarida sobiq Boş prokuror Qodirov va boşqa şaxslarga nisbatan qözğatilgan jinoiy iş böyiça qiziqişlar bildirilmoqda. Şu borasida, şu kunga qadar amalga oşirilgan işlar böyiça qisqaça axborot bersangiz», deydi u.

Özbekiston Boş prokurori Otabek Murodovning aytişiça, Şavkat Mirziyoyev tutgan siyosat «sobiqlar»ni qamaşdan iborat emas. Murodovga köra, yetkazilgan zararni qoplagan ayblanuvçilarga nisbatan garov ehtiyot çorasi qöllanilib, ular ozodlikda yuribdi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Otabek Murodov. Foto: KUN.UZ

«​Bu savolni köp berişmoqda, lekin bitta narsani aytişim zarur: hozirgi paytda sobiq Boş prokuror Qodirov va boşqalarga nisbatan jinoyat işi tergov qilinyapti. Jinoyat protsessual qonunçiligiga asosan, tergov siri sifatida, hammasini oşkor etolmaymiz, hozirça.

Lekin men bitta narsani aytaman. Hozirgi kungaça 24 nafar şaxsni javobgarlikka tortyapmiz. Ularning içida qamoqqa olingani ham bor. Garov qilib turgani ham bor. Lekin mana şu fuqarolarimizga bitta narsani yetkazib qöyişimiz kerak: davlat rahbarining siyosati, maqsad ularni qamaş emas. Mana şu jinoyat işi böyiça biz hozir tört nafar boşqa mansabdor şaxslarni yetkazilgan zararlarni bartaraf etgani uçun qamoqdan ozod etib, garov qölladik.

Albatta vaqti soati keladi, tergov yakunlanadi. Imkon darajasida barça işlar: qança talon-taroj bölgan, qança poralar olingan, raqamlab, vaqti keladi birgalikda köramiz»​, deydi Boş prokuror.

5 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura binosida prokuratura xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida ötkazilgan brifingda  ​Raşid Qodirov işi böyiça 21 kişi qamoqqa olingani aytilgandi. 

«​Hozirda 24 nafar şaxsga nisbatan ayblov e'lon qilingan. Şulardan 21 nafariga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov holatlari hanuz davom etmoqda», degandi Boş prokuratura Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş boşqarmasi boşliği örinbosari Mansur Örolov​​​.

Şavkat Mirziyoyev esa tergov yakunlanib qolişi bilan, Qodirov TV orqali qilmişlari uçun xalqdan keçirim söraşini aytgandi. Otabek Murodovning sözlaridan xulosa qiladigan bölsak, 24 nafar ayblanuvçining ayrimlari yetkazilgan zararni töliq qoplagan holda qamoq jazosi bilan boğliq bölmagan jazoga loyiq topilişi mumkin. Kim bilsin, Raşid Qodirov ham ular orasida bölar.