Tbilisi şahar sudi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilini sobiq deputat Valeriy Gelaşvilini urgani uçun 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Bu Saakaşviliga Gruziyada sirtdan çiqarilgan birinçi hukm emas. Yanvarda Saakaşvili 2006 yilda “Gruziya birlaşgan banki” xodimining öldirilişi işi böyiça 3 yillik qamoq jazosiga tortilgandi.
Gruziya boş prokuraturasi 2014 yilda Saakaşviliga bir neça jinoiy iş böyiça ayblovlar qöygan. Bu jinoiy işlar orasida davlat mablağlarini öz ehtiyojlariga sarflab yuboriş, 2007 yil 7 noyabrdagi namoyişni tarqatişda xizmat vakolatlarini suiiste'mol qiliş, deputat Gelaşvilini döpposlaş hamda qotillikda iştirok etiş kabi işlar bölgan.












