Amerikalik stendap-komik Jon Melendes özini AQŞ Demokratik partiyasidan senator Robert Menendes deb taniştirib, AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan qönğiroqlaşa olgan.
“OAV men prezidentni aldab, u bilan birinçi raqamli bortda bölganda boğlana olganimga e'tibor qaratmayotgani taajjublidir”, deb yozgan komik tvitterda.
Fox News telekanalining xabar qilişiça, Melendes Oq uy operatorlariga prezident bilan qonun loyihasi böyiça zudlik bilan gaplaşişi kerakligini aytgan. Biroz vaqt ötib unga Trampning kuyovi va maslahatçisi Jared Kuşner qönğiroq qilib, Trampni ulab bergan.
Melendes bir neça daqiqa davomida Tramp bilan immigratsiya siyosati va AQŞ oliy sudi bilan boğliq vaziyatni muhokama qilgan. Tramp suhbat davomida senatorga qarşi korrupsiya işi olib borilganini yodga olib, uni oqlangani bilan tabriklagan.
Komik Tramp bilan suhbati audioyozuvini internetda joylaştirgan.
Politico naşrining ma'lum qilişiça, Oq uyda pranker qanday qilib prezident telefon liniyasiga ulana olgani aniqlaştirilmoqda.












