Xorazm viloyati içki işlar organlari tizimida velosipedli patrullik guruhlarining faoliyati yölga qöyildi.
Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xorazm viloyatida jamoat tartibini saqlaş, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan profilaktik çora-tadbirlarni yanada takomillaştiriş maqsadida, Xorazm viloyati IIB patrul-post xizmati bataloni tarkibida velosipedli patrullik guruhlarining faoliyati yölga qöyildi.
Velosipedda patrullik qiliş içki işlar xodimlari uçun tungi paytlarda, köp qavatli uylarning oldida harakatlanişda ortiqça şovqin çiqarmasligi, şuningdek yölakçalardan harakatlaniş imkoniyatining mavjudligi bilan qulaylik yaratmoqda.
Bundan taşqari ilgari piyoda patrullikni amalga oşirib kelgan xodimlar velosipedli patrullik guruhlariga aylantirilişi natijasida ularning xizmat hududlarini kengaytiriş imkoniyati paydo böladi.

Patrul-post xizmati logotipi tuşirilgan uşbu velosipedlar xodimlarning iş qurollari va birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun zarur bölgan dori-darmonlar uçun möljallangan maxsus qutiça bilan jihozlangan.












