Sport | 09:07 / 30.06.2018
24910
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona futbol tarixidagi eng iste'dodli o‘yinchini aytdi

Foto: AFP

Argentina terma jamoasi afsonaviy hujumchisi Diyego Maradonaning tan olishicha, braziliyalik Ronaldoni tarixdagi eng iste'dodli futbolchi, deb hisoblaydi. 

«Ronaldo - tarixdagi eng iste'dodli futbolchi. Agarda jarohatlari bo‘lmaganida, u eng buyuk o‘yinchiga aylangan bo‘lardi. Men bunga zarracha ham shubha qilmayman», - deya jahon chempionining so‘zlarini keltiradi Seleção Brasileira.

Braziliyalik forvard professional darajada 1993-2011 yillarda to‘p surgan. U Braziliya terma jamoasi safida ikki karra jahon chempioniga aylangan, shuningdek, ikki marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid