Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan Özbekiston yoşlariga bayram tabrigi yölladi. Tabrik matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.

“Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda birinçi marta nişonlanayotgan qutluğ ayyom – Yoshlar kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mana şunday quvonçli kunda, avvalo, yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan işlaş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratilgani, öğil-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuçayib borayotganini, zamonaviy, demokratik Özbekiston davlatini barpo etişda navqiron avlodimizning munosib iştirok etayotganini barçamiz minnatdorlik bilan e'tirof etamiz.

Kelajagimiz egalari bölgan yoşlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlaş, ularning orzu-intilişlari, qobiliyat va salohiyatini röyobga çiqariş biz olib borayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yönalişi bölib, bu yölda ulkan işlarni amalga oşirayotganimiz sizlarga yaxşi ma'lum, albatta”, - deyiladi tabrik avvalida.

Qayd etilişiça, ötgan bir yilning özida yoshlar hayotiga bevosita taalluqli bölgan 20 dan ziyod qonun, farmon va qarorlar qabul qilingani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.

“Ayniqsa, sizlarning taşabbusingiz bilan bundan bir yil muqaddam Özbekiston yoshlar ittifoqi taşkil etilgani yoşlarimiz, butun el-yurtimiz hayotidagi muhim voqea böldi.

Albatta, bir yil – tarix uçun juda qisqa fursat. Şunga qaramasdan, Özbekiston yoshlar ittifoqi ötgan qisqa davrda mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş yölida davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan samarali hamkorlik qiladigan muhim ijtimoiy tuzilmaga aylandi”, - deyiladi matnda.

Şu asosda yoş avlodimizning grajdanlik pozitsiyasi va faolligini kuçaytiriş, uni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirişa oladigan barkamol şaxslar etib tarbiyalaş böyiça sezilarli işlar amalga oşirilmoqda. Eng muhimi, yoshlar bilan doimiy muloqot olib boriş, ularning bandligini ta'minlaş, hayotda öz örnini topişi, jamiyatning munosib a'zolariga aylanişi, mehnat va turmuş şaroitlarini yaxşilaş vazifasi barçamizning kundalik faoliyatimiz mezoniga aylanib bormoqda.

Buning amaliy tasdiğini köplab misollarda köriş mumkin. Xususan, yoshlar uçun yangi iş örinlari yaratiş, yoş tadbirkorlarga, ayniqsa, qizlarimizga hunarmandlik bilan şuğullanişlari uçun kreditlar ajratiş, ularni kasbga tayyorlaş va malakasini oşiriş, fermerlikni qöllab-quvvatlaş, farzandlarimizning ta'lim-tarbiyasi, ularni soğlomlaştiriş va böş vaqtini mazmunli taşkil etiş böyiça muhim qadamlar qöyilmoqda.