AQŞ prezidenti Donald Tramp öz ma'muriyatining yuqori lavozimdagi amaldorlariga AQŞni Jahon savdo taşkilotidan olib çiqmoqçiligini bir neça bor aytgan. Bu haqda Axios naşri xabar bermoqda.
“U (Tramp) JSTdan çiqib ketiş bilan 100 martalab dağdağa qilgan”, deb aytgan Tramp bilan bu masalani muhokama qilgan manba.
Uning aytişiça, Trampning fikriça, JST AQŞga ziyon yetkaziş uçun boşqa davlatlar tomonidan taşkil etilgan. “Men nima uçun biz bu taşkilotda ekanligimizni bilmayman”, deb aytgan Tramp.
Trampning iqtisodiyot böyiça maslahatçilari uni JSTga a'zo böliş AQŞ uçun foydali ekanligiga işontirişmoqçi bölişgan. Misol uçun, AQŞ 1995 yildan beri JSTga berilgan da'vo arizalaridan 85,7 foizida yutib çiqqan. Xitoyda esa bu körsatkiç 66,7 foizni taşkil qiladi. Biroq Tramp bu dalillarga quloq solişni istamayapti, deb xabar qilgan manba.
Naşrning ta'kidlaşiça, AQŞning JSTdan çiqişi kongress tomonidan ma'qullanişi lozim.












