2018 yil 11iyun kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tuman sudida raislik qiluvçi sudya F.Turaxodjayev boşçiligida oçiq sud majlisi bölib ötdi. Sudlanuvçilar U.Abduraximov va R.Ziyayevlarga nisbatan jinoyat işi körib çiqildi.
Aniqlanişiça, Abduraximov Umidjon Azim öğli Toşkent şahar, Mirzo Uluğbek tumani, Orol 1-tor köçasi, 48-uyda istiqomat qiluvçi Şadiyeva Gulnora Baxramovnaning uyida yollanma haydovçilik qilib yurib, özgalar mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, dastlab,2016 yilning sentabr oyidan 2017 yilning 20 yanvar kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida, mazkur xonadonga erkin holda kirib yurganligidan foydalanib, G.Şadiyevaga jami 26.000 AQŞ dollari miqdorida zargarlik buyumlari va pul mablağlarini öğirlaş natijasida moddiy zarar yetkazgan.
Bundan taşqari, sudlanuvçi U.Abduraximov xavfli retsidivist bölgan holda Ziyayev Rustam Gayratoviç bilan takroran özgalar mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, oldindan jinoiy til biriktirib, jinoiy rejaga asosan 2017 yilning sentabr oyining boşlaridan 2017 yilning 19 noyabr kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida,G.Şadiyevaga jami 39.000 AQŞ dollari miqdorda zargarlik buyumlari va pul mablağlarini öğirlaş natijasida moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yaşiringanlar.
Sud U.Abduraximovga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 3-qismi “v” bandi (köp miqdorda) va 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda) va JK 60-moddasiga (bir neça hukm yuzasidan jazo tayinlaş) asosan tayinlangan jazolarini qisman qöşiş yöli bilan Abduraximov Umidjon Azim öğliga 9yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
R.Ziyayevga nisbatan esa Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi va JK 60,61-moddalariga (bir neça hukm yuzasidan jazo tayinlaş, jazolarni qöşişning hisoblaş qoidalari)asosan tayinlangan jazoga jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2016 yil 5 martdagi hukmiga köra tayinlangan jazoning ötalmagan qismini qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 8yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Hukm qonuniy kuçga kirgandan söng quyidagi zararlar undirilişi belgilandi:
- sudlanuvçi U.Abduraximov va R.Ziyayevlardan solidar tartibda jabrlanuvçi G.Şadiyeva foydasiga 37.800 (öttiz yetti ming sakkiz yuz) AQŞ dollari











