AQŞ prezidenti Donald Tramp ommaviy noroziliklar ortida yana noqonuniy muhojirlarni sudsiz deportatsiya qilişga çaqirdi va xorijliklarni mamlakatdan çiqarib yuboriş uçun sud qarorini talab qiluvçi AQŞ qonunlarini “dunyodagi eng ahmoqona” deb atadi.
“Odamlar davlatimizga noqonuniy kelganlarida, biz sudsiz ularni darhol ortlariga jönatişimiz kerak. Bizning qonunlarimiz dunyodagi eng ahmoqona qonunlardir”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Tramp bu bayonotini uning migratsiya siyosatiga qarşi 30 iyunda AQŞning 700dan köproq şahrida norozilik namoyişlari ötgan bir vaqtda bildirgan. Namoyişçilar çegarada noqonuniy muhojirlar oila a'zolarini bir-birlaridan ayiriş siyosatiga qarşi çiqmoqdalar. Tramp bu amaliyotni ötgan haftada bekor qilgandi. Namoyişçilar, şuningdek, muhojirlarning huquqiy himoya qilinişini talab qilişmoqda.












