Butun dunyo böylab kompyuter foydalanuvçilari öz texnikalarida yöqotib bölmaydigan All-Radio 4.27 Portable zararli dasturini topa boşlaşdi. Ilk bor uşbu virus haqida Malwarebytes forumida söz bora boşladi, deb yozmoqda Bleepingcomputer.

Ma'lum bölişiça, virus asosan Windows dasturiy ta'minotida işlaydigan kompyuterlarni nişoniga olgan. Foydalanuvçilar imkon qadar undan qutulişga urinib körişgan, biroq öçirib taşlaş mexanizmlarini topa olişmagan. 

Rasman Rossiyada işlab çiqilgan All-Radio 4.27 Portable dasturi — bepul universal pleyer bölib, musiqa eşitiş va telekörsatuvlarni tomoşa qiliş imkonini beradi. Noma'lum xakerlar esa, uni özgartirişga hamda zararlangan dasturni originalidek tarqatişga muvaffaq bölişgan. 

BleepingComputer ekspertlariga köra, foydalanuvçilarning aksariyati Microsoft dasturlarini faollaştiruvçi ayrim mahsulotlarni yuklab olganlaridan keyin uşbu virus paydo bölganini aytişgan. Tahlillardan söng ma'lum bölişiça, virus qurbonlari "kalitlar" körinişida reklama aimp töplamlarini qabul qilişgan, ayni şu narsa kompyuterning zararlanişiga sabab bölgan. Zararlaniş vositalari orasida maynerlar, spamerlar, turli troyanlar hamda zararlanişni yaşiruvçi rutkitlar ham bölişi mumkin. 

Şu munosabat bilan, ekspertlar aktivator-dasturlardan foydalanişdan ehtiyot bölişga çaqirişdi.