Özbekiston hududiga olib kiriladigan, xorijda işlab çiqarilgan kolbasa va muzqaymoqdan olinadigan boj tölovlari pasaytirildi. Şuningdek, muzlatilgan göşt va köplab çorva hayvonlari turlariga boj tölovi joriy qilinmagan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni imzolagan hujjatda şunday deyiladi.
Unga köra, yirik şoxdor çorva hayvonlari, qöy va eçki, muzlatilgan göştlarni Özbekiston hududiga olib kirişda boj tölovi undirilmaydi. Şuningdek, muzqaymoqdan 15 foiz miqdorda, pişloq va kolbasadan esa 10 foiz miqdorda boj olinişi belgilandi.
Ma'lumot uçun, bunga qadar, xorijda işlab çiqarilgan muzqaymoqni Özbekistonga olib kelişda 30 foiz, pişloq va kolbasadan esa 20 foiz miqdorda boj olingandi.

















