2 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev «Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalar çekişni çeklaş töğrisida»gi qonunga imzo çekdi. Qonun matni «Xalq sözi» Online naşrida e'lon qilindi.
Oliy Majlis Senatining 28 iyun kuni bölib ötgan 15-yalpi yiğilişida «Jamoat joylarida çilim va sigaret çekişni çeklaş töğrisida»gi qonunni ma'qullagandi.
Belgilab qöyilganidek, uşbu qonunning maqsadi jamoat joylarida çilim va elektron sigaretalar çekişni çeklaş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Mazkur qonun fuqarolarning soğliğini çilim va elektron sigaretalar çekişning zararli ta'siridan, u bilan boğliq ijtimoiy va boşqa salbiy oqibatlardan muhofaza qilişga, şuningdek jamiyatda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş hamda qaror toptirişning taşkiliy va huquqiy şaroitlarini yaratişga qaratilgan.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi (3 oktabrdan — tahr.). Mazkur qonun talablariga rioya qilinişi ustidan nazorat içki işlar organlari tomonidan vakolatlari doirasida amalga oşiriladi. Qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor şaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Şunday qilib, çilim va elektron sigaretalarni:
- statsionar savdo obektlarida, şuningdek umumiy ovqatlaniş korxonalarida, bundan çilim va elektron sigaretalar çekiş uçun maxsus ajratilgan xonalar mustasno;
- kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, körik va körgazma zallarida hamda ommaviy dam oliş uçun möljallangan boşqa yopiq inşootlarda;
- klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, Internet jahon axborot tarmoğidan foydalaniş böyiça xizmatlar körsatiş uçun jihozlangan xonalarda yoxud boşqa köngiloçar (böş vaqt ötkaziladigan) joylarda;
- muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida va ma'ruzaxonalarda;
- mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlarda, şahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (şu jumladan tamburlarida), daryo kemalarida, şaharda, şahar atrofiga, şaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslarda, taksilarda, yönalişli taksilarda hamda şahar elektr transportida, şuningdek havo kemalarida;
- yer osti ötiş joylarida, transport bekatlarida va avtotransport vositalarini vaqtinçalik saqlaş joylarida;
- aeroportlarning, temir yöl, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolarida;











