Havayi arxipelagidagi ulkan orolning maydoni ikki kvadrat kilometrdan ortiqroqqa kengaydi. Bunga bir neça oydan buyon töxtamayotgan Kilauea vulqonidan çiqayotgan lavaning Tinç okeaniga oqib tuşişi sabab böldi, deb yozdi AQŞ Geologiya xizmati özining tvitter-akkauntida.

“Okeanga oqib tuşgan lava 555 akr (2,25 kv. kilometr) yangi yerni hosil qildi”, — deyiladi xabarda.

Foto: USGS
Foto: USGS

 Lavaning aksariyat qismi Kapoxo buxtasiga oqib tuşmoqda. Mutaxassislarning aytişlariça, yangi yerning bir qismi keyinçalik çökib ketişi mumkin.