Bugunga kelib Özbekistonda ajrim holatlarining umumiy körsatkiçlari biroz oşgan - 31 930 ta (bir yil avvalgi körsatkiç esa - 29 647 ta), ularning aksariyatiga oiladagi özaro kelişmovçilik sabab qilib körsatilgan. KUN.UZ muxbiri Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Nurmatovaning Xalqaro Press-klubning FHDYo organlari faoliyatiga bağişlangan sessiyasi doirasida bergan intervyusiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Foto: Xalqaro Press-klub
Uning sözlariga köra, Özbekistonda ajrim körsatkiçlari ötgan yilga nisbatan biroz oşgan, biroq ayrim hududlarda bu körsatkiçlar pasaygan.

"Masalan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Farğona va Xorazm viloyatlarida ajrim holatlari kamaygani qayd etilgan. Toşkent şahrida ham atigi 4 taga kamaygan bölsa-da, biz uçun bu ham natija hisoblanadi", - deydi Xotin-qizlar qömitasi örinbosari.
Tadbirda taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, 2017 yilda qayd etilgan ajrimlarning sabablari quyidagilardan iborat:
- özaro kelişmovçilik - 67,4 foiz;
- boşqa oila qurib yaşayotganligi - 6 foiz;
- farzandsizlik - 4,7 foiz;
- tarafning boşqa davlatga çiqib ketganligi - 3,8 foiz;
- uzoq vaqt birga yaşamaganligi - 2,9 foiz;
- xiyonat va boşqa sabablar - 2,8 foiz.

"Bugunga kelib Özbekistonda rasmiylaştirilmagan oilalar juda köpligi aniqlanmoqda. Bularning hisobiga ham ajrim körsatkiçlari oşib ketmoqda. Qaysi ma'noda? Masalan, erkak birinçi oilasidan qonuniy ajraşmay turib, ikkinçi nikohi bilan yaşayapti. Biz joylarda yurib, oilalarni örganib, ularni qonuniy ajraştirib (çunki ikkinçi oilada farzandlar bor, hayoti yaxşi), keyingisi bilan nikohni qonuniylaştiramiz, bu esa birinçi oiladagi ajrim hisobiga umumiy ajrim körsatkiçlarining oşişiga olib kelmoqda", - deydi Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Nurmatova.











