Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusi boşqa davlatlarga neft eksporti uçun Ormuz böğozini yopişga tayyor. Bu haqda korpus vakili Ismoil Kovsariy ma'lum qildi.
“Agar Eron nefti eksporti uşlab turilsa, biz Ormuz böğozi orqali boşqa davlatlarga neft olib çiqilişiga yöl bermaymiz”, deb aytgan Kovsariy YJC agentligiga va uşbu hudud orqali dunyo neftining 20 foizi ötişini ta'kidlab ötgan.
Ötgan haftada AQŞ davlat departamenti vakili Vaşington ittifoqdoşlarini noyabrgaça Erondan neft olişni töliq töxtatişga köndirib körişini aytgan. Uning aytişiça, bunday muhokamalar boşqa davlatlar, jumladan Xitoy bilan olib borilmoqda.
3 iyulda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQŞning Eron nefti eksportini töxtatişga intilişini “amalga oşirib bölmas”, deb hisoblaşini aytgan.
“Fikrimça, ba'zi amerikalik amaldorlarning Eron nefti eksportini töliq töxtatiş istagi heç qaçon amalga oşmaydigan safsatadir”, deb aytgan Ruhoniy.
Ruhoniy Eronda neftni zarur miqdorda sotişga imkon beruvçi dastur borligini aytgan. Eron prezidenti AQŞning bu sohadagi faoliyati bir tomonlama xarakterga egaligini hamda energetika va savdo sohasidagi xalqaro me'yorlarni buzişini aytgan.












