Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga köra raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişning galdagi muhim vazifalari sifatida —

Investitsion va tadbirkorlik faoliyatining turli şakllarini diversifaksiya qiliş uçun kriptoaktivlar aylanmasi sohasida turli faoliyatlarni, jumladan, mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komission yiğimlar formatida mukofot oliş imkoniyatini beruvçi yangi bloklar yaratiş va taqsimlovçi platformani qöllab-quvvatlaş böyiça faoliyat), smart kontraktlar (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oşiriş böyiça huquq va majburiyatlar bitilgan elektron şartnoma), konsalting, emissiya, ayirboşlaş, saqlaş, tarqatiş, boşqariş, suğurtalaş, kraud-fanding (jamoaviy moliyalaştiriş) şuningdek, «blokçeyn» texnologiyalarini joriy etiş va rivojlantiriş;

Malakali kadrlarni tayyorlaş;

Kriptovalyutalar va «blokçeyn» texnologiyalari soxasida xalqaro va xorijiy taşkilotlar bilan hamkorlik;

Ilğor xorijiy tajribalarni hisobga olib, bu borada zarur huquqiy bazani yaratiş nazarda tutilmoqda.

2021 yilning 1 yanvaridan boşlab «blokçeyn» texnologiyalari davlat xaridlari, davlat xizmatlari körsatiş, şaxs haqidagi ma'lumotlar verifikatsiyasi uçun davlat organlari faoliyatiga joriy qilinadi.

Qarorga köra 2018 yilning 1 oktabridan boşlab örnatiladigan tartibga köra kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat, jumladan kripto-aktivlar bilan savdo qiluvçi kripto-birjalar yaratiş litsenziyalanadi.